uz
NORMATIV HUJJATLAR
Tibbiyotdagi asosiy meʼyoriy hujjatlar
Tashkilotingiz uchun zarur litsenziyani tez va ishonchli tarzda oling. Clamo sizning qonuniylikdagi ishonchli hamkoringiz.

Markaz faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlari.
Tibbiyot sifati va jarayonlarini yaxshilash uchun kerakli barcha xizmatlar bir joyda, qulay va samarali yechimlar bilan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197 sonli qarorining 7-bo‘lim b bandiga ko‘ra sog‘liqni saqlash tizimida litsenziyalash va akkreditatsiyalash davlat muassasasi tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 444-sonli qaroriga binoan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirligi huzuridagi tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirining 2024-yil 04-oktabrdagi 311-sonli qaroriga binoan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirligi huzuridagi tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazini faoliyatini tashkil etish chora-tadbirilari to‘g‘risidagi...
Markaz faoliyatini belgilovchi asosiy nizom va ichki tartib-qoidalar.
Tibbiyot sifati va jarayonlarini yaxshilash uchun kerakli barcha xizmatlar bir joyda, qulay va samarali yechimlar bilan.
Markaz nizomlari
Markazimiz faoliyati O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, sog'liqni saqlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Markazning ichki nizomi va belgilangan vazifalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nizomga ko'ra, markaz quyidagi tamoyillar asosida ish yuritadi:
- Ochiqlik, shaffoflik va qonuniylik;
- Tibbiy tashkilotlarga sifatli xizmat ko'rsatish va metodik ko'mak berish; Xalqaro tajribaga asoslangan akkreditatsiya va litsenziyalash standartlarini joriy etish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlarni to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik;
- Mutaxassislarning uzluksiz rivojlanishini qo'llab-quvvatlash.
Markazning barcha faoliyati belgilangan ustuvor yo'nalishlar va yillik ish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

