«Tibbiy faoliyat eksperti» yo‘nalishidagi navbatdagi interfaol keys g‘oliblari Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi tomonidan aniqlandi.
UTT xonasida aks etgan holatni professional nuqtai nazardan tahlil qilib, birinchi tibbiy yordam vositalari va ularni saqlash uchun yopiq javonning mavjud emasligi, UTT apparati bilan kushyetka o‘rtasidagi masofaning noqulay joylashtirilgani, bakteritsid lampa va bemor maxfiyligini ta’minlovchi shirmaning yo‘qligi, rakovina orti qismi hamda devor qoplamalarining tozalash va dezinfeksiya ishlovlariga mos emasligi, qo‘lqop, gel va sarf materiallarining noqulay joylashtirilgani kabi 10 dan ortiq kamchiliklarni aniqlagan Mamasoliyeva Sadoqatxon Erkinjonovna hamda Abdulxayev Xojiakbar Abdulatif o‘g‘li g‘olib deb topildi.
Mamasoliyeva Sadoqatxon Erkinjonovna 1993-yilda Andijon davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan bo‘lib, hozirda Farg‘ona shahridagi «Buyuk tibbiyot» MChJda UTT shifokori sifatida faoliyat yuritmoqda.
Abdulxayev Xojiakbar Abdulatif o‘g‘li 2020–2025-yillarda Irkutsk davlat tibbiyot universitetida provizor mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
«Tibbiy faoliyat eksperti» yo‘nalishidagi interfaol keyslar davom etadi. Siz ham navbatdagi topshiriqlarda ishtirok eting va o‘zingizni tibbiy faoliyat eksperti sifatida sinab ko‘ring.