«Tibbiy faoliyat eksperti» yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan interfaol keys yakunlariga ko‘ra, kanalimiz obunachisi Bekmuratova Gulnora Ubaydullayevna g‘olib deb topildi.
U muolaja xonasida tasvirlangan holatni professional nuqtai nazardan tahlil qilib, litsenziya talablari, sanitariya-epidemiologiya qoidalari hamda bemorlar xavfsizligiga oid qariyb 20 ta kamchilikni aniqladi.
Bekmuratova Gulnora Ubaydullayevna 1989–1995-yillarda Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutini (hozirgi Toshkent davlat tibbiyot universiteti) tamomlagan.
U salkam 30 yil davomida sanitariya-epidemiologiya tizimida faoliyat yuritib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Chilonzor tuman bo‘limida samarali mehnat qilgan.
Hozirgi kunda u Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida oliy toifali gospital epidemiolog sifatida faoliyat olib bormoqda.
Mutaxassisning ko‘p yillik tajribasi, kasbiy bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, bemorlar xavfsizligi masalalariga mas’uliyatli yondashuvi interfaol keys doirasida yuqori baholandi.