Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunda davlat va jamiyat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, aholi salomatligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tibbiyot sohasida ochiqlik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi o‘z faoliyatida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lib, halollik, adolat va mas’uliyat tamoyillariga tayanadi. Markaz tomonidan litsenziyalash va akkreditatsiyalash jarayonlarining ochiq va shaffof tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Agar Siz tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash jarayonlarida korrupsiya holatlari, noqonuniy talablar yoki boshqa huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, bu haqda Markazga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Murojaatlar quyidagi aloqa vositalari orqali qabul qilinadi:
info@clamo.uz elektron pochta manzili
1369 qisqa raqami
Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi va taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi qonunchilikka muvofiq kafolatlanadi.
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi sifatli, xavfsiz va korrupsiyadan xoli tibbiyot tizimini shakllantirish tarafdori bo‘lib, ushbu yo‘nalishda jamoatchilik bilan samarali hamkorlik qilishga tayyor. Birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish orqali tibbiyot sohasida ishonch va adolat muhitini yanada mustahkamlashimiz mumkin.