O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish doirasida tibbiyot tashkilotlarini Milliy akkreditatsiya qilish tizimi ILK BOR amaliyotga joriy etildi.
O‘zbekiston tibbiyotida Milliy akkreditatsiya tizimi joriy etildi
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish doirasida tibbiyot tashkilotlarini Milliy akkreditatsiya qilish tizimi ILK BOR amaliyotga joriy etildi.
Milliy akkreditatsiya — tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bemorlar xavfsizligini kafolatlash hamda tibbiyot muassasalarida sifat madaniyatini shakllantirishga qaratilgan zamonaviy va tizimli mexanizm hisoblanadi.
Ushbu tizim davlatimiz rahbari boshchiligida sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tibbiyot tashkilotlari faoliyatini xavfsizlik, samaradorlik va xalqaro standartlar asosida baholash imkonini beradi.
Akkreditatsiya jarayonlari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan Milliy standartlar xalqaro talablar va mahalliy tajriba asosida ishlab chiqilgan hamda 2025-yilda tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan.
Mazkur standartlar tibbiyot tashkilotlari faoliyatining barcha asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Milliy akkreditatsiya tizimining amaliyotga joriy etilganini tasdiqlovchi ilk natija sifatida Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “M-Clinic” ko‘p funksiyali tibbiyot markazi birinchi bo‘lib akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi va oliy toifa bahosiga loyiq deb topildi. Shu munosabat bilan markazda Milliy akkreditatsiya sertifikatini topshirish marosimi tashkil etildi.
Milliy akkreditatsiya tizimining joriy etilishi orqali tibbiy xizmatlar sifati oshadi, bemorlar xavfsizligi kafolatlanadi va tibbiyot muassasalari xalqaro standartlarga mos faoliyat yuritadi.