Budjet mablağlari hisobidan tibbiy xizmat: taşkilotlarning muvofiqligi qanday örganiladi?
Soğliqni saqlaş vazirining 2026-yil 19-noyabrdagi 388-son buyruği bilan Tibbiyot taşkilotlarini litsenziyalaş va akkreditatsiyalaş markazining Davlat budjeti mablağlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvçi şaxslarga tibbiy xizmat körsatiş istagini bildirgan taşkilotlarni örganış böyiça vazifalari belgilandi.
Markaz tibbiyot taşkilotlarining belgilangan talablarga muvofiqligini örganadi. Zaruratga köra, jarayonga tegishli soha mutaxassislari va tibbiyot assotsiatsiyalari jalb etilişi mumkin.
Markaz topşiriği kelib tuşgach, tegishli muassasalar işçi guruhi nodavlat tibbiyot taşkilotiga 7 iş kuni içida joyiga çiqib örganış ötkazadi. Örganiş yakunlari böyiça tayyorlangan xulosa, örganış tugagan kundan keyingi kundan keçiktirmay Markazga taqdim etiladi.
Ijobiy xulosa Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi hamda tibbiyot taşkilotiga şartnoma tuziş uçun yuboriladi. Xulosa Jamğarmaga kelib tuşgan kundan boşlab 3 iş kuni içida belgilangan tartibda şartnoma tuzilişi ta’minlanadi. Talablarga muvofiq emaslik aniqlansa, xulosa tibbiyot taşkilotiga yuboriladi.
Buyruqda milliy akkreditatsiyadan yoki Soğliqni saqlaşda sifat böyiça xalqaro jamiyat – ISQua akkreditatsiyasidan ötgan tibbiyot taşkilotlari uçun Jamğarma bilan şartnoma tuzişda SSV ekspert komissiyasi xulosasini oliş talabi bekor qilingani ham qayd etilgan.