1. Ariza topshirish
– my.gov.uz orqali elektron ariza yuboriladi
– Ariza ro‘yxatdan o‘tkaziladi
2. O‘zini o‘zi baholash
– To‘lov amalga oshiriladi
– O‘zini o‘zi baholash natijalari tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritiladi
3.Hujjatlar ekspertizasi
– O‘zini o‘zi baholash natijalari va tegishli hujjatlarning akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi o‘rganiladi
4.Tashqi kompleks baholash
– To‘lov amalga oshiriladi
– Tibbiyot tashkilotining akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi bo‘yicha tashqi kompleks baholash ekspertlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi
5. Komissiya qarori
– Akkreditatsiyalovchi organ akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya guvohnomasini berish yoki uni berishni rad etish haqidagi qarorini tasdiqlaydi
6. Akkreditatsiya toifalari
– Akkreditatsiya guvohnomasini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda tibbiyot tashkilotiga akkreditatsiya standartlariga muvofiqligi darajasiga qarab quyidagi toifalar berilishi mumkin:
Oliy akkreditatsiya toifasi – standartlarga muvofiqligi kamida 95 foiz bo‘lganda
Birinchi akkreditatsiya toifasi – standartlarga muvofiqligi kamida 85 foiz bo‘lganda
Ikkinchi akkreditatsiya toifasi – standartlarga muvofiqligi kamida 75 foiz bo‘lganda
7.Guvohnoma berish
– Akkreditatsiya guvohnomasi my.gov.uz orqali elektron tarzda yuboriladi
– Amal qilish muddati – 5 yil