Tadbirkorlik subyektlariga litsenziya olish, akkreditatsiyadan o‘tish va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Namanganda nodavlat tibbiyot muassasalari bilan ochiq muloqot
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi rahbariyati, mas’ul xodimlari hamda Tibbiyot tashkilotlari assotsiatsiyasi vakillaridan iborat ishchi guruh Namangan viloyatida nodavlat tibbiyot muassasalari vakillari bilan ochiq muloqotda bo‘ldi.
Uchrashuv doirasida sohada shaffoflikni ta’minlash, davlat organlari va nodavlat tibbiyot muassasalari o‘rtasida bevosita hamkorlikni kuchaytirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga litsenziya olish, akkreditatsiyadan o‘tish va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Muloqotda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasiga ustuvor ahamiyat berildi.
Tadbir davomida markaz vakillari tomonidan litsenziyalash jarayonida uchraydigan muammolar va ularning yechimlari, tibbiyot muassasalarini milliy hamda xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish talablari kabi mavzularda taqdimotlar ham o‘tkazilib, ishtirokchilarning savollariga javob berildi.
Maʼlumot o‘rnida: bugungi kunda Namangan viloyatida 570 dan ziyod nodavlat tibbiyot muassasalari faoliyat olib bormoqda.