Tibbiy faoliyat litsenziyasi: arizadagi ayrim kamçiliklarni tuzatiş uçun muddat beriladi
Tibbiy faoliyat uçun litsenziya oliş arizasi birinçi marta körib çiqilayotganda ayrim kamçiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etişga imkon berilmasdan arizani rad etiş mumkin emas.
Bu tartib zarur hujjatlar töliq taqdim etilmaganda, xodimlarning kasbiy malakasi belgilangan talablarga mos kelmaganda, taqdim etilgan hujjatlar yoki dasturlar qonunçilik talablariga javob bermaganda, şuningdek, bino va inşootlar sanitariya-epidemiologik yoki yonğin xavfsizligi talablariga muvofiq bölmaganda qöllaniladi.
Bunday kamçiliklar aniqlansa, litsenziyalovçi organ talabgorga «Litsenziya» axborot tizimi yoki YIDXP orqali bir iş kuni içida elektron xabarnoma yuboradi. Xabarnomada aniqlangan kamçiliklar, ularni bartaraf etiş usullari va buning uçun berilgan muddat körsatiladi. Litsenziyalovçi organ kamçiliklarni tuzatiş böyiça tavsiya va zarur yordam ham berişi kerak.
Kamçiliklarni bartaraf etiş uçun beriladigan muddat ularni tuzatişga zarur vaqtga mutanosib belgilanadi va 30 iş kunidan oşmasligi lozim. Xabarnomada körsatilgan muddat davomida arizani körib çiqiş jarayoni töxtatib turiladi.
Talabgor kamçiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etib, tegishli hujjatlarni qayta taqdim etişi kerak. Kamçiliklar tuzatilmasa yoki hujjatlar xabarnomada körsatilgan muddatdan keyin yuborilsa, litsenziyalovçi organ arizani rad etişi mumkin. Bunda rad etiş uçun xabarnomada körsatilmagan yangi asoslarni keltirişga yol qöyilmaydi.
Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona nizomning
22–25-bandlarida belgilangan.
lex.uz