Jaloliddin Asamutdinov Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Jaloliddin Sharafutdinovich Asamutdinov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Jaloliddin Sharafutdinovich Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi direktori sifatida samarali faoliyat olib bordi.
Xususan, uning rahbarligida tibbiy faoliyatni litsenziyalash va akkreditatsiyalash tizimini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish, jarayonlarni raqamlashtirish orqali ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifati hamda bemor xavfsizligini ta’minlash borasida qator muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ishonamizki, yangi mas’uliyatli lavozimda ham Jaloliddin Sharafutdinovich yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini mustahkamlash yo‘lida samarali faoliyat olib boradi.
Hurmatli Jaloliddin Sharafutdinovichga mustahkam sog‘liq, ulkan muvaffaqiyat va masʼuliyatli vazifalarida yuksak zafarlar tilaymiz.
Hurmat bilan,
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi jamoasi