AZIZ YURTDOSHLAR!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik – xalqimizning milliy g‘ururi, erkin va farovon hayoti, yurtimizning bugungi taraqqiyoti hamda kelajakka bo‘lgan ishonchining mustahkam poydevoridir.
Bugun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini ta’minlash va Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining sog‘liqni saqlash sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori va doimiy g‘amxo‘rligi tufayli aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar ko‘lami kengayib, yangi ixtisosliklar va zamonaviy xizmat turlari joriy etilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov boshchiligida sohada belgilangan ustuvor vazifalar izchil amalga oshirilmoqda. Tizimdagi yangilanishlar, bildirilayotgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash Markazimiz jamoasi zimmasiga ham alohida mas’uliyat yuklaydi.
Bugungi islohotlarning muhim mezoni – tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi ixtisosliklarni joriy etish bilan birga, ularning sifati hamda bemorlar xavfsizligini ta’minlashdir. Zero, inson salomatligini asrash har qanday taraqqiyotning eng muhim shartidir.
Ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash
va akkreditatsiyalash markazi direktori
Shirin Shadiyeva