1. Shifokor-ekspert uchun:
a) Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi;
b) Sog‘liqni saqlash sohasida kamida uzluksiz yetti yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi.
2. O‘rta tibbiyot xodimlari orasidan mutaxassis-ekspertlar uchun:
a) Hamshiralik ishi bo‘yicha o‘rta maxsus yoki oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi;
b) Sog‘liqni saqlash sohasida kamida uzluksiz yetti yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi.
Ekspertlarga umumiy talablar:
a) Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash, tashqi kompleks baholashda ishtirok etish yoki jamoat sog‘lig‘ini saqlash yo‘nalishida kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
b) Sog‘liqni saqlashda sifat va akkreditatsiya yo‘nalishlarida sertifikatga ega nomzodlar ustunlikka ega bo‘lishadi;
d) Ekspert darajasi (Respublika yoki viloyat darajasidagi tibbiy tashkilotlar uchun ekspertlar ham shundan past bo‘lmagan darajada ishlashi kerak);
e) Davlat tilida erkin gapira olishi hamda hujjatlar yuritishni bilishi;
f) Davlat tilida hisobotlarni yoza olishi;
g) Kompyuter savodxonligi, jumladan, Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint v.b.) dasturlari bilan hamda internetda ishlashni bilishi;
h) Xorijiy tillarni (ayniqsa ingliz tilini) biladigan (fikrini og‘zaki va yozma shakllarda erkin bayon eta oladigan) nomzodlar ustunlikka ega bo‘lishadi;
i) Manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qligi (oxirgi 5 yilda baholanayotgan tashkilotda ishlamagan bo‘lishi; xodimlar yoki rahbariyat bilan qarindosh emasligi; manfaatlar to‘qnashuvini yashirmasligi; tibbiyot tashkiloti joylashgan hududda kasbiy faoliyat olib bormasligi; manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qligi haqida yozma bayonot taqdim etishi);
j) Markaz o‘quv dasturi boshlanishidan oldin tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya qilish standartlari bilan tanishib chiqish va o‘rganishga tayyor bo‘lishi;
k) O‘quv dasturi davomida 100% qatnashish va yakuniy sinovlardan o‘tish hamda sinov natijalaridan so‘ng tibbiyot tashkilotlarini tashqi kompleks baholashda kuzatuvchi (stajyor-ekspert) sifatida ishtirok etishga tayyor bo‘lishi.