"NKMK” jamg‘armasi Tibbiy sanitariya bo‘limida konsalting va o‘quv-amaliy trening tashkil etildi
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi mutaxassislari ishtirokida “NKMK” jamg‘armasi Tibbiy sanitariya bo‘limida konsalting jarayonlari hamda o‘quv-amaliy trening tashkil etildi.
Tadbir davomida tibbiy faoliyatni amaldagi qonunchilik va belgilangan talablar asosida tashkil etish, litsenziya talablari va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotdagi qo‘llanishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, trening jarayonida tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bemor xavfsizligini ta’minlash, ichki nazorat tizimini samarali yo‘lga qo‘yish hamda tibbiyot muassasalarida ish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarning savollariga javob berilib, amaliy faoliyatda uchraydigan ayrim holatlar yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.
Mazkur o‘quv-amaliy trening tibbiyot muassasalari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, sifat menejmentini rivojlantirish hamda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.