Markazda xususiy tibbiyot muassasalarida nazorat tadbirlari bo‘yicha trening o‘tkazildi
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi xodimlari uchun xususiy tibbiyot muassasalarida nazorat tadbirlarini qonunchilik talablari va belgilangan tartib-taomillarga qat’iy rioya etgan holda tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan trening tashkil etildi.
Treningni Markazning Tibbiy faoliyatni litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Shaxobudin Gulyamov olib bordi.
Tadbir davomida nazorat tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi, Biznes-ombudsmanni belgilangan tartibda xabardor qilgan holda tekshiruvlarni amalga oshirish, jarayonda alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar, shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlar va boshqa holatlarni tegishli tartibda rasmiylashtirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.
Nazorat tadbirlarini o‘tkazish jarayonida amaliyotda yuzaga keladigan turli vaziyatlarga alohida e’tibor qaratildi. Aniq misollar asosida ishtirokchilarga tekshiruvlarni qonuniy, xolis va belgilangan tartibga rioya etgan holda o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.