Klinikada travmatologiya hamda xalq tabobati yo‘nalishlari bo‘yicha tibbiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini baholash so‘raldi
Markazimizga konsalting xizmati bo‘yicha kelib tushgan navbatdagi murojaatda yangi tashkil etilayotgan klinikada travmatologiya hamda xalq tabobati yo‘nalishlari bo‘yicha tibbiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini baholash so‘raldi.
Murojaat egasining ma’lum qilishicha, klinika uchun ijaraga olingan binoda avval boshqa tibbiyot muassasasi faoliyat yuritgan bo‘lib, mavjud shart-sharoitlar avvalgi ixtisoslashuvga mos holda shakllantirilgan.
Konsalting xizmati doirasida ekspertlarimiz tomonidan:
– travmatologiya yo‘nalishi bo‘yicha xonalarni amaldagi minimal talablarga moslashtirish, funksional zonalarni to‘g‘ri tashkil etish hamda zarur asbob-uskunalar ro‘yxati bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi;
– xalq tabobati yo‘nalishi bo‘yicha mavjud shart-sharoitlar tahlil qilinib, ularning minimal talablarga javob berishi va mazkur faoliyatni qisqa muddatda yo‘lga qo‘yish imkoniyati yuqori ekani haqida xulosa qilindi.
Mazkur konsalting xizmati tadbirkorga mavjud imkoniyatlarni huquqiy va texnik jihatdan to‘g‘ri baholash, faoliyatni bosqichma-bosqich hamda qonunchilik talablariga muvofiq rejalashtirishda amaliy yordam berdi.