Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash Milliy standartlarini amaliyotga joriy etishda yagona yondashuvni shakllantirishga qaratilgan yangi dasturni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi.
Dastur doirasida Samarqand shahrida faoliyat koʻrsatayotgan "Meros International Hospital" klinikasi mutaxassislari Toshkent shahridagi ko‘p tarmoqli xususiy tibbiyot muassasasi – “M-Clinic”da bo‘lib, Milliy akkreditatsiyaga tayyorgarlik doirasidagi amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdi.
Markaz ekspertlari tomonidan olib borilgan amaliy mashgʻulotlar nafaqat tajriba almashish, balki Milliy standartlarning amaliy jarayonlarda qanday joriy etilishini kuzatish, zamonaviy boshqaruv, xavfsizlik va sifat bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish uchun ham muhim maydon bo‘ldi.
Ushbu dastur tibbiyot muassasalarida:
akkreditatsiyaga tayyorgarlik jarayonining yagona, aniq va samarali mexanizmini yaratish;
oʻzaro hamkorlik, tajriba almashish;
sifat va xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash;
va eng muhimi – bemorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.