uz
NORMATIV HUJJATLAR
Tibbiyotdagi asosiy meʼyoriy hujjatlar
Tashkilotingiz uchun zarur litsenziyani tez va ishonchli tarzda oling. Clamo sizning qonuniylikdagi ishonchli hamkoringiz.

Markaz faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
Tibbiyot sifati va jarayonlarini yaxshilash uchun kerakli barcha xizmatlar bir joyda, qulay va samarali yechimlar bilan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197 sonli qarorining 7-bo‘lim "b" bandiga ko‘ra sog‘liqni saqlash tizimida litsenziyalash va akkreditatsiyalash davlat muassasasi tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 444-sonli qaroriga binoan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirligi huzuridagi tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirining 2024-yil 04-oktabrdagi 311-sonli qaroriga binoan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirligi huzuridagi tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazini faoliyatini tashkil etish chora-tadbirilari to‘g‘risidagi...
Markaz Nizomi va Ichki qoidalari
Tibbiyot sifati va jarayonlarini yaxshilash uchun kerakli barcha xizmatlar bir joyda, qulay va samarali yechimlar bilan.
Markazimiz faoliyati O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, sog'liqni saqlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Markazning ichki nizomi va belgilangan vazifalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nizomga ko'ra, markaz quyidagi tamoyillar asosida ish yuritadi:
- Ochiqlik, shaffoflik va qonuniylik;
- Tibbiy tashkilotlarga sifatli xizmat ko'rsatish va metodik ko'mak berish; Xalqaro tajribaga asoslangan akkreditatsiya va litsenziyalash standartlarini joriy etish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlarni to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik;
- Mutaxassislarning uzluksiz rivojlanishini qo'llab-quvvatlash.
Markazning barcha faoliyati belgilangan ustuvor yo'nalishlar va yillik ish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

